22:33 / 22.05.2021
3 217

Ipoteka kreditlari va yangi uy-joylar qurilishi haqida ma’lumot berildi


Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Sodiqov Prezident farmoni ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi.

Joriy yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlash vazifasi belgilandi, jumladan davlat dasturi asosida 45 ming kvartirali ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yangi tartibga asosan 27628 ta (18368 ta — shaharlarda, 9260 ta — qishloq joylarda) kvartirali uy-joylar qurish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.

Ushbu kvartiralarni o‘z ichiga olgan 1048 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga yaqin bo‘lgan 175 ta massiv tanlab olindi. Tasdiqlangan massivlarning topogeodeziya, geologiya qidiruv ishlari va massivlar qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun 18,1 mlrd so‘m ajratildi.

Qurilish vazirligi tomonidan uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlari doirasidagi uy-joylar loyihalari, ularni dislokatsiyasi (joylashuvi), soni, ishlatiladigan qurilish materiallari, narx-navo shakllanishi, ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi narxi, soni va boshqalarni o‘z ichiga olgan www.uy-joy.mc.uz veb-portali yaratildi.

Shu bilan birga, Ipoteka kreditlarini berish va subsidiyalar ajratish tartibi, uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari, ular tomonidan qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarni shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi www.ipoteka-bozori.uz ipoteka veb-portali ishga tushirildi.

Bugungi kunda ikkala veb-portallar integratsiya qilish yo‘li bilan bir-biriga bog‘landi hamda fuqarolar uchun ma’lumotlar olinishi yanada yengillashtirildi.

Bundan tashqari, ishlab chiqilgan yakka tartibdagi 9 tipdagi 3, 4 va 5 xonali yakka tartibdagi uylar qurish namunaviy loyihalari bepul foydalanish uchun vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi hamda doimiy ravishda yangilanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ipoteka kreditlari va yangi uy-joylar qurilishi haqida ma’lumot berildi