14:30 / 23.05.2021
2 236

Besh ming dollar porani olmagan podpolkovnikka mukofot berildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan fuqaro S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (giyohvandlik vositasini saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro S.X. Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratovga bir necha marotaba, o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sudga yubormaslik evaziga 5.000 ( besh ming) AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Podpolkovnik A.Utemuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilib, o‘z bildirgisida, fuqaro S.X.ga pora berish jinoyat ekanligi, jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir nechta marta tushuntirib, ogohlantirishiga qaramasdan, pora taklif qilib kelayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu bildirgiga asosan, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.X. taklif qilgan 5.000 AQSH dollar pullarni podpolkovnik A.Utemuratovga bergan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan. Fuqaro S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Joriy yilning 22 may kuni, Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligida, Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov tomonidan kasbiga sodiq bo‘lib, taklif qilgan porani olmagan podpolkovnik A.Utemuratovga pul mukofoti uning yaqin qarindoshiga vazirlik rahbariyatining tashakkurnomasi va qimmat baho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Besh ming dollar porani olmagan podpolkovnikka mukofot berildi