10:30 / 27.05.2021
2 009

Chinozda tunda xonadonga bostirib kirib, er-xotinga hujum qilgan besh nafar shaxs ushlandi


Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi xonadonlarning biriga bostirib kirgan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 23 may kuni 33 yoshli S.A. Chinoz tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yilning 21 may kunidan 22 may kuniga o‘tar kechasi soat 01:15 larda noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Chinoz tumani Navoiy ko‘chasida joylashgan yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda bostirib kirib, turmush o‘rtog‘i 33 yoshli S.Z. va uning o‘ziga hujum qilib, urib-do‘pposlab, pul berishlarini talab qilib, uydan hech narsa topa olmaganliklaridan so‘ng hodisa joyidan yashiringanliklarini, ushbu fuqarolarni aniqlab qonuniy chora ko‘rishlarini so‘ragan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Chinoz tumanida yashovchi 44 yoshli I.A., A.F., R.D., 25 yoshli B.Sh. va 19 yoshli B.B. sodir etganligi aniqlanib, ulardan 2 dona qora niqob, 1 dona sport kepkasi, 1 dona skotch o‘rami ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yuqorida qayd etilgan shaxslar protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chinozda tunda xonadonga bostirib kirib, er-xotinga hujum qilgan besh nafar shaxs ushlandi