11:00 / 27.05.2021
2 887

Farg‘onada bosqinchilikda ayblanganlar sud zalidan qochib ketishi yuzasidan IIB mansabdorlariga jinoiy ish ochildi


Foto: «Orenburzhie.ru»
Bosqinchilik jinoyatida ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs Farg‘ona viloyatining Toshloq tuman sudi binosidan qochib ketgani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat yuzasidan Toshloq tumani IIB mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya ma’lum qilmoqda «Xabar.uz».

Qayd etilishicha, dastlabki tergovdayoq qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan sudlanuvchilar o‘sha kuniyoq qo‘lga olingan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, suddan qochib ketgan ayblanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 222-moddasi 2-qismi «v» bandi (qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Toshloq tumani IIB mansabdor shaxslariga nisbatan ham Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada bosqinchilikda ayblanganlar sud zalidan qochib ketishi yuzasidan IIB mansabdorlariga jinoiy ish ochildi