1 778
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Bojxona xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga uringan shaxslar o‘z vaqtida to‘xtatib qolinmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi haydovchisi K.I.ga tegishli qo‘l yuklar belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan og‘irligi qariyb 158 gr. bo‘lgan kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirin tarzda olib kirishga urinish holatiga chek qo‘yildi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlaridan umumiy og‘irligi 65 gr.dan ko‘p bo‘lmagan me’yorda olib kirilishi mumkinligi belgilangan. Undan ortiq qismidan bojxona to‘lovlari undirilishi nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi