Foto: Pixabay
AQSHdagi Beylor tibbiyot kollejining bir guruh olimlari miyaning ochlikka nisbatan ishlash prinsipiga oid ko‘plab ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi. Ular oxirgi marotaba bundan bir necha soat oldin ovqatlanilgan bo‘lsa-da, ochlik hissini sezilarli darajada kamaytirishga qodir ikkita neyronlar guruhini topdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Ushbu mexanizm hozirda sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan — ularda ovqat yeyish ishtiyoqini bosish va ochlik hissini susaytirishga muvaffaq bo‘lingan. Neyronlar guruhini ingibirlash orqali aks natijaga ham erishish mumkin — ushbu holatda sichqonlar to‘yganini bilmay, ortiqcha yeyishni boshlagan.
Insonlarda ham shu kabi natija berish-bermasligini aniqlash uchun alohida tadqiqot o‘tkazish lozim. Agarda mazkur jarayon odamlarda ham sichqonlardagi kabi amalga oshsa, olimlar osonlik bilan ochlik darajasini boshqarishi, qo‘shimcha harakatlarsiz diyetasiz kaloriyalarni iste’mol qilishi mumkin.
Potensial jihatdan bu qandli diabet, ortiqcha vazn va ovqat hazm qilish tizimining buzilishi kabi kasalliklarga qarshi kurashning yangi imkoniyatlarini ochadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi