Toyloq tumanidagi 59-umumta’lim maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 26 may kuni o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangan. Kun.uz holatni o‘rganish uchun Toyloq tumanida bo‘ldi.
Voqeaga guvoh bo‘lgan maktab direktori Noila Qambariddinova mazkur noxush holat bevosita uning ko‘z o‘ngida, xonasida sodir bo‘lganini tasdiqladi.
Qambariddinovaning ma’lum qilishicha, 26 may kuni maktab o‘quvchilari imtihon topshirishi kerak bo‘lgan. Xususan, 9-sinf bitiruvchilarining imtihonlari davlat attestatsiyasi asosida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Qoidaga ko‘ra, yozma imtihonlar ertalab soat 8da o‘tkazilishi lozim bo‘lsa-da, bir qancha o‘quvchilar kelmagan. Shundan so‘ng ular uyidan chaqirtirib kelingan.
«Kechikib kelgan o‘quvchilarga mas’uliyatni his qilishmagani uchun tanbeh berdik. Chunki boshqa o‘quvchilar ham kutib qolishgandi. Shu vaqt 9-«A» sinf o‘quvchisi Sh.A. o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abbos Sultonovga qarab: «Menga sening imtihoning umuman kerak emas, imtihonsiz ham yashayveraman», deb maktabdan chiqib ketdi. Boshqa o‘quvchilar imtihonga kirishdi.
O‘quvchi baribir imtihonga kirishi lozim. Shu sababli ota-onasini maktabga chaqirtirish uchun Sh.A. ning uyiga o‘qituvchilarni jo‘natdim. Xonamda Sh.A.ning otasi ishtirokida suhbatlasha boshladik. Bola otasining guvohligida qo‘pol muomalasi uchun uzr so‘rayotgan vaqtda xonaga ikki yigit kirib keldi-da (biri – Sh.A.ning amakivachchasi, ismi Muhammad) Sultonovga tashlanishdi.
Uni burchakka tirab urishayotganda shkafning oynasi sindi va orqasini kesib ketdi. Shundan so‘ng xonaga hamma yig‘ilib keldi va zo‘ravon yigitlar chiqib ketdi», – dedi maktab direktori Noila Qambariddinova.
Sultonov jarohat olgach, tez tibbiy yordam va profilaktika inspektoriga xabar berilgan. Direktor o‘rinbosari tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ayni vaqtda direktor o‘rinbosari Abbos Sultonov uyida, ambulator sharoitda davolanmoqda. U bilan telefon orqali bog‘landik.
«Qachongacha o‘qituvchi hurmatsiz bo‘lishi kerak? O‘qituvchi nafaqat o‘quvchining bepisandligi, qo‘polligiga, qolaversa ota-onasi va yaqinlarining tahdidiga ham chidashga majbur bo‘lyapti. Bunaqa malomatga qolaversak, hech qachon obro‘yimiz oshmaydi.
Ochig‘ini aytaman, ko‘chada bunday holatga tushganimda kechirishim mumkin edi. Bu zo‘ravonlarning qilmishini o‘zimga emas, o‘qituvchilarga qilingan tahdid, deb hisoblayman», – dedi Abbos Sultonov.
Tuman tibbiyot birlashmasi Sultonov bir kun shifoxonada yotgani, uning yelka qismiga uch santimetrgacha kesilib, sanchilgan jarohat yetganini bildirdi.
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat nazoratga olingani, tergovga qadar tekshiruv olib borilayotgani, jabrlanuvchiga tibbiy ekspertiza tayinlanganini ma’lum qildi. Ekspertiza xulosasiga qarab, vaziyatga huquqiy baho berilishi aytildi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?