22:30 / 03.06.2021
2 631

Muhim tavsiyalar: «Kun o‘rtasida quyosh ostida bo‘lmaslikka harakat qiling»


Gidrometeorologiya xizmati 3-7 iyun kunlari havo haroratining keskin ko‘tarilishi bo‘yicha xabar bergandi. Shu sababli tashkilot issiq ob-havo bo‘yicha bir qancha tavsiyalar taqdim etdi.

«Yoz oyining issiq havosi inson hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘dirmaydi. Ammo o‘zingizni issiqning ba’zi salbiy ta’sirlaridan, ayniqsa, eng issiq kunlardan himoya qilishingiz kerak.

Uzoq vaqt davomida, ayniqsa kun o‘rtasida quyosh ostida bo‘lmaslikka harakat qiling. Agar buning ilojisi bo‘lmasa, tanangiz va boshingizni quyosh nurlaridan himoya qilishga harakat qiling. Sovutgichdagi muzli ichimliklar emas, balki ko‘p miqdorda iliq suv yoki eng yaxshisi ko‘k choy iching.

Namlikni o‘z ichiga olgan meva, sabzavot mahsulotlarni ko‘plab iste’mol qiling. Juda achchiq va yog‘li ovqatlardan saqlaning. Sovutish moslamalari bilan jihozlangan do‘konlardan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olmang, chunki bu mahsulotlar qancha vaqt quyoshda bo‘lganini bilmaysiz.

Konditsionerli xonada bo‘lganingizda, sovuq havoning to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqimi ostida o‘tirishdan saqlaning va konditsionerni 18 darajadan pastroqga dasturlashtirmang. Yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlar dori-darmonlarni qabul qilish bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashishlari lozim».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muhim tavsiyalar: «Kun o‘rtasida quyosh ostida bo‘lmaslikka harakat qiling»