09:25 / 06.06.2021
2 575

Andijonda mijozining muammosini «hal etib beraman» deb jami 100 ming dollarini "uxlatgan" ekstrasens qo‘lga olindi


Andijonda olti oy davomida o‘z mijozining 100 ming dollardan ortiq muammolarni hal etishga «yordam bergan» ekstrasens ushlandi, deb xabar beradi «Postda» gazetasi.

Andijonda 40 yoshli A.K. ismli ayol internetda o‘zini Diana deb tanishtirgan ayol bilan tanishib qolgan. U ekstrasens bo‘lib ishlashini va ayolga uning uyidagi muammolarni hal etishga yordam berishiga ishontirgan. Faol yozishmalardan so‘ng, Diana Andijondagi kichik tumanlardan birida yashashi ma’lum bo‘lgan.

A.K.ning muammolari yetarli bo‘lgan. U Dianada ularni hal etishda yordam so‘ragan. Ayolning ishonchiga osonlikcha kirib olgan Diana turli jodular, karta va qahva qoldig‘ida fol ochishlar bilan unga «yordam bera boshlagan».

2020 yilning dekabridan 2021 yilning mayiga qadar esktrasens andijonlik ayolning 300 million so‘mlik qimmatbaho buyumlari, 83 ming dollari va 6 million so‘mini qo‘lga kiritgan. O‘zining aldanganini tushunib yetgan A.K. Andijon shahar IIBga ariza yozgan.

Tezkor xodimlar tomonidan Diana qo‘lga olingan bo‘lib, u viloyat markazida istiqomat qiluvchi M.Ya. ismli ayol bo‘lib chiqqan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modda (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda mijozining muammosini «hal etib beraman» deb jami 100 ming dollarini "uxlatgan" ekstrasens qo‘lga olindi