Foto: IIV
Ijtimoiy tarmoqlarda «Bozorlardan birida ayol kishi bir necha erkak tomonidan ayovsiz tahqirlandi» nomi ostida tarqalgan videotasvir yuzasidan IIV bayonot berdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yil 5 iyun kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va janjalkash shaxs sifatida tuman IIBning profilaktik hisobida turuvchi G.T. Chortoq tumaniga mast holda borib, Chortoq shahar avtoshoh bekatida hech qanday sababsiz janjal ko‘targan va hududdagi do‘kon va boshqa ob’ektlarning oynalarini sindirib, do‘konlarga ziyon, o‘ziga esa tan jarohati yetkazgan.
Shu yerda ishlovchi somsapazning idishlarini ham sindirib tashlagandan so‘ng 1988 yilda tug‘ilgan somsapaz X.Yu. ayolga bu yerdan ketishini tushuntirgan, biroq ayol spirtli ichimlik talab qilib, janjal ko‘tarishda davom etgan.
Shundan so‘ng X.Yu. ayolning sochidan tortib, uni bekatdan tashqariga olib chiqish uchun sudragan.
IIV Axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Fuqaro X.Yu. esa vaqtincha ma’muriy tartibda ushlangan. Surishtiruv ishlari yakuniga yetgach holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi