13:00 / 12.06.2021
1 617

Nukusdagi restoranda portlash sodir bo‘ldi

Nukusdagi restoranda portlash sodir bo‘ldi

Bugun, 12 iyun kuni ertalab soat 6:00 lar chamasida Nukus shahri S.Kamalov ko‘chasida joylashgan ikki qavatli «Neo» restorani imoratida gaz va havo aralashmasidan portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi.

Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nukus FVBdan 2 ta yong‘indan qutqarish ekipaji yetib kelgan.
— Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash binoning ikkinchi qavatidagi oshxonada sodir bo‘lgan, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining OAV va JTBHQ guruhi boshlig‘i, katta leytenant Aybek Abdiraxmanov. —

Natijada imorat zararlangan. Mazkur voqeadan tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q. Portlash sodir bo‘lganida binoda qorovul bo‘lgan, lekin unga jarohat yetmagan.

Voqea joyiga zudlik bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB, Ichki ishlar bo‘limi, Prokuratura va «Tez yordam» xizmati xodimlari yetib kelgan. Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilib, yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Nukusdagi restoranda portlash sodir bo‘ldi