13:21 / 14.06.2021
1 694

Yashirincha olib kirilayotgan zargarlik buyumlari fosh etildi


Bojxona organlari tomonidan qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro T.D.ning qo‘l yuklari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
   
Natijada, sumka ichida bojxona nazoratidan yashirilgan hamda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish me’yoridan ortiqcha, kumushdan yasalgan 222 gr. zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashirincha olib kirilayotgan zargarlik buyumlari fosh etildi