Foto: «Sterhluki.ru»
2021 yil 14 iyun kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qildi. Shu yil 13 iyun kuni soat 2:00 dan soat 3:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan oziq-ovqat do‘koniga eshik oynasini buzish yo‘li bilan kirgan.
Savdo do‘konidan umumiy narxi 1.000.000 so‘mlik kolbasa mahsulotlarini hamda kuzatuv kamerasini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 iyun kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi