12:30 / 25.06.2021
1 622

Buxoroda qandli diabetni davolaydigan maxsus poyabzal ishlab chiqariladi


22 iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan startap loyihasi muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, «Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun profilaktik poyabzalning samarali texnologiyasini yaratish va konstruksiyasini ishlab chiqish» loyihasi ustida yosh olima tadqiqot olib borgan.
 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ilmiy tadqiqotchisi Madina Muhammedova tomonidan ishlab chiqilgan ushbu loyihani 313,2 million so‘mga moliyalashtirish qaror qilindi. Loyihani «Shoes and healthy feet» MCHJ korxonasi Buxoro shahri va Romitan tumani hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Poyabzal qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar tovonidagi deformatsiyaning kelib chiqishini oldi oladi va profilaktik poyabzalni qo‘llash orqali tovondagi qorason kasalligini jadallashuvini 45 foizga kamaytiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda qandli diabetni davolaydigan maxsus poyabzal ishlab chiqariladi