2 351
UzAuto Motors avtomobil kuzov qismlari ishlab chiqarishga ishlatiladigan po‘lat listlar o‘g‘irlanganini xabar qildi
Talon-toroj qilingan po‘lat listlar 2030ta Nexia-3, 871ta Gentra yoki 970ta Labo avtomashinalari kuzov qismlarini ishlab chiqarish uchun yetgan bo‘lardi.
Joriy yilning 12 iyun kuni UzAuto Motors’ning Asaka shahridagi zavodiga yetkazilgan yukda po‘lat listlarning bir qismi yetishmayotgani aniqlandi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Rossiyaga tegishli «Severstal» kompaniyasining yuk vagonlari zavodga kirish paytida ko‘rikdan o‘tkazilganda vagondagi yuklardan birining qadog‘i buzilgani ma’lum bo‘lgan.
«Mazkur holat yuzasidan UzAuto Motors AJning komplayens xizmati tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, vagonga ortilgan po‘lat listlarning bir qismi kompaniyaga yetib kelgunga qadar, noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlangani aniqlandi.
Ishlab chiqarish standartlariga muvofiq, ushbu talon-toroj qilingan po‘lat listlar me’yor sarfiga muvofiq, 2030ta Nexia-3, 871ta Gentra yoki 970ta Labo avtomashinalari kuzov qismlarini ishlab chiqarish uchun ishlatilgan bo‘lardi», deyiladi manba ma’lumotida.
Keltirilishicha, hodisa yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida to‘plangan barcha materiallar aybdor shaxslarni aniqlash uchun hamda yuklar tashilishida ularning xavfsizligi va samarali qo‘riqlanishiga mas’ul bo‘lgan IIVning transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari xodimlarining xizmat vazifalarini qonuniy bajarganligiga huquqiy baho berish uchun Transport prokuraturasiga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi