Shtab a’zosi koronavirusga qarshi emlangach insonda immun tizimning himoyasi oshishi 2 haftadan so‘ng boshlanishi, ba’zi holatlarda bu 3 oygacha davom etishi mumkinligini ta’kidladi.
“Koronavirusga qarshi vaksinani olgach, birdaniga immunitet paydo bo‘lmaydi. Vaksinaning 1-bosqichini olganlarda immunitet hujayralar paydo bo‘lishi vaksina olgan kunidan 14 kun oralig‘ida ko‘tarilishni boshlaydi va uning maksimal ko‘tarilish darajasi oxirgi bosqich (ya’ni 2- yoki 3-bosqich) vaksinani olgandan so‘ng 2 oy o‘tib maksimal darajaga chiqadi. Vaksinadan so‘ng immun tizimining himoyalanishining davomiyligi yuzasidan olimlar ish olib borishmoqda. Vaqt o‘tib immun hujayralarni saqlanish muddatlari haqida aniq ma’lumotlar chop etiladi.
Bugungi kunda mavjud ma’lumotlardan olimlarning taxminlari e’lon qilingan. Ularning taxminlariga ko‘ra, ba’zi vaksinalar 1 yil, ba’zilari 2 yil, ba’zi vaksinalar esa umrbod immun himoya hosil qiladi”, dedi Sevara Ubaydullayeva. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi