19:02 / 03.07.2021
1 926

Chilonzorda 1 gektar yerni 1,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlar 8 yilga “kesilgani” ma’lum bo‘ldi


Bir yil oldingi voqeada ular 50 ming AQSH dollarini olayotganda qo‘lga tushgandi. Kun.uz bu jinoyat ishi doirasidagi keyingi voqealar rivoji bilan qiziqib, Toshkent shahar sudining jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh maslahatchisi Sadoqat Allaberganovaga murojaat qildi.

Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining hukmi bilan har ikkala mansabdor bir xil – JKning 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 1 yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda 1 gektar yerni 1,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlar 8 yilga “kesilgani” ma’lum bo‘ldi