11:00 / 04.07.2021
2 300

Vaksina olgan talabalarning kontrakt to‘lovida yordam beriladi


Mamlakatimizdagi mavjud epidemiologik holatni inobatga olgan holda mas’ul tashkilotlarning takliflariga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan umumiy emlash ishlariga jalb etilgan aholi guruhlari qatori kengaytirildi.

Unga ko‘ra:
- 18 yoshdan katta bo‘lgan Samarkand va Toshkent viloyati aholisini, shuningdek, imkoniyatdan kelib chiqib, boshqa hududlardagi 18 yoshdan katta aholi qatlamini o‘zlari biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida ixtiyoriy ravishda emlash belgilandi;

Yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoshdan katta bo‘lgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash belgilandi.

Yana bir yangilik: koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan to‘lov kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, 2021-2022 o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov kontraktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vaksina olgan talabalarning kontrakt to‘lovida yordam beriladi