20:40 / 05.07.2021
2 233

MIB: Davlatobodda yana bir oila yarashdi


Majburiy ijro byurosi Davlatobod tumani bo‘limi tomonidan aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash davomida oilalarni yarashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahalla faollari bilan hamkorlikda olib borilgan tushuntirishlar davomida kuni kecha tumandagi yana bir oilani yarashtirishga erishildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2020 yil 5 oktabrdagi dagi qaroriga ko‘ra qarzdor U.Ibragimovdan undiruvchi G.Husanova foydasiga farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur hujjat bo‘lim ish yurituviga olingan va ijro harakatlari davomida har oyda aliment undirib berilishi ta’minlangan.

O‘z o‘rnida har ikki taraf bilan oilani yarashtirish bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borilgan. Kuni kecha o‘tkazilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri davomida buzilgan qo‘rg‘on, ya’ni oilani tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Amaldagi tartibga ko‘ra, ijro hujjati ish yurituvdan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Davlatobodda yana bir oila yarashdi