
«Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
2021 yil 1 oktabrgacha korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
2021 yil 1 oktabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2021 yil 1 avgystdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e’lon qilinadi.
Davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibi ishlab chiqiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yil 1 dekabrdan har yil yakuni bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e’lon qilib boriladi.
2021 yil 1 dekabrgacha daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
2021 yil 1 oktabrgacha davlat mablag‘lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o‘tkaziladigan tanlovlar «Shaffof qurilish» tizimi ma’lumot almashinuvini ta’minlagan holda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.
2022 yil 1 yanvargacha avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan «SHAFFOF YO‛L» onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab «halollik vaksinasi» tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitiladi.
KorrupsiyaKorrupsiyaga QarshiDavlat XizmatchilariOchiq TanlovTenderlar NatijalariShaffof Qurilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar