22:33 / 07.07.2021
1 360

Nafaqat tishlar uchun: Tish yuvish vositasini oshxonada saqlash uchun 5 sabab

Nafaqat tishlar uchun: Tish yuvish vositasini oshxonada saqlash uchun 5 sabab

Foto: «Freepik»
Tish yuvish vositasidan faqat tish va og‘iz bo‘shlig‘ini tozalashda foydalaniladi deb o‘ylasangiz, qattiq yanglishasiz, tarkibiy xususiyati sabab undan uy bekalari oshxonada ham bemalol foydalansa bo‘ladi.

Yog‘ochdan yasalgan buyumlardagi dog‘lar
Rangsiz, tabiiy va o‘simlik komponentlari asosida ishlab chiqarilgan tish pastasi yog‘ochdan yasalgan mebel yoki buyumlarning ustki qismidagi suvdan qolgan izlarni yaxshi ketkazadi.

Xrom bilan qoplangan idish va jo‘mraklar
Jo‘mrak va idishlar yaltirab turishi va sifatini yo‘qotmasligi uchun kam miqdordagi tish yuvish pastasini yuzaga surting. Toza mato bilan yaxshilab artib tashlang.

Yoqimsiz hidlar
Plastik idishdan kelayotgan oddiy tozalash vositasi orqali bartaraf qilishga urinish befoyda bo‘lgan hidni tish pastasi yo‘q qilishga yordam berishi mumkin.

Qo‘llarni yuvish mumkin
Piyoz va baliqdan taom tayyorlagandan keyin uzoq vaqt davomida qo‘lingizdan hid ketmasligi muammo emas, oz miqdordagi tish yuvish pastasi surtib, ishqalagandan keyin yuvib tashlasangiz bo‘ladi.

Rakovinadagi suv ketadigan teshiklarni tozalash mumkin
Tish yuvish pastasi tugaganidan keyin idishini tashlab yuborishga shoshilmang. Tepa qismini kesib tashlang va biroz iliq suv solib chayqang. Rakovinadagi suv ketadigan teshik ustiga quyib, gubka bilan yaxshilab tozalang. Bu bilan siz nafaqat dog‘larni, balki noxush hidlarni ham bartaraf qilishga muvaffaq bo‘lasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Nafaqat tishlar uchun: Tish yuvish vositasini oshxonada saqlash uchun 5 sabab