09:22 / 10.07.2021
2 203

Samarqandda YPX xodimini urib, tan jarohati yetkazgan haydovchiga nisbatan jinoiy ish ochildi


Foto: Samarqand viloyati IIB
Samarqand shahrida Matiz haydovchisi YPX xodimini urib tan jarohati yetkazdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 27 may kuni soat 01:30 larda Samarqand shahrining Turkiston ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori Matiz rusumli avtomashinani to‘xtatib, haydovchi D.S. dan tegishli hujjatlarini taqdim qilishni so‘raganida haydovchi hujjatlarni taqdim qilmasligini aytib, unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Haydovchining og‘zidan spirtli ichimlikni hidi kelib turganligi sababli uni narkolog ko‘rigidan o‘tkazish taklif qilinganida haydovchi avtomashinadan tushib, to‘satdan YPX inspektorining yuziga urib tan jarohati yetkazgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joy IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari ishtirokida Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan ko‘zdan kechirilib hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan D.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi «a» bandi (haqorat qilish) va 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda YPX xodimini urib, tan jarohati yetkazgan haydovchiga nisbatan jinoiy ish ochildi