11:23 / 14.07.2021
1 467

О‘tgan bir sutka ichida 491 kishida koronavirus, 319 kishida pnevmoniya tasdiqlandi


O‘zbekistonda 13-iyul kuni 491 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 117 409 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining
  • 40 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 32 nafari Andijon viloyatida,
  • 21 nafari Buxoro viloyatida,
  • 52 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 12 nafari Navoiy viloyatida,
  • 45 nafari Namangan viloyatida,
  • 32 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 31 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 57 nafari Toshkent viloyatida,
  • 93 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sabab namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bundan tashqari, kecha kun davomida 319 nafar kishida pnevmoniya tasdiqlandi.

Vazirlikning qayd etishicha, so‘nggi sutkada jami 528 kishi — Qoraqalpog‘istonda 67 nafar, Buxoroda 19 nafar, Jizzaxda 99 nafar, Qashqadaryoda 18 nafar, Navoiyda 12 nafar, Namanganda 45 nafar, Sirdaryoda 28 nafar, Surxondaryoda 74 nafar, Farg‘onada 48 nafar, Xorazmda 20 nafar, Toshkent viloyatida 37 nafar, Toshkent shahrida 61 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar soni 112 546 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 781 nafarni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat