10:30 / 22.07.2021
1 884

21-iyul kuni 719 kishida koronavirus, 492 kishida pnevmoniya tasdiqlandi


O‘zbekistonda 21-iyul kuni 719 kishida koronavirus aniqlandi — bu kunlik kasallanish bo‘yicha 2021-yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Shunday qilib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 122 048 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanganlarning
  • 71 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 20 nafari Andijon viloyatida,
  • 13 nafari Buxoro viloyatida,
  • 81 nafari Jizzax viloyatida,
  • 21 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 78 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 81 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 71 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 13 nafari Xorazm viloyatida,
  • 83 nafari Toshkent viloyatida,
  • 118 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bundan tashqari, kecha kun davomida 492 nafar kishida pnevmoniya tasdiqlandi.

Vazirlikning qayd etishicha, so‘nggi sutkada jami 746 kishi: Qoraqalpog‘istonda 65 nafar, Andijonda 34 nafar, Buxoroda 54 nafar, Jizzaxda 45 nafar, Qashqadaryoda 18 nafar, Namanganda 51 nafar, Samarqandda 105 nafar, Sirdaryoda 70 nafar, Surxondaryoda 50 nafar, Farg‘onada 44 nafar, Toshkent viloyatida 54 nafar, Toshkent shahrida 126 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 116 755 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 814 nafarni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi uch kunda ham O‘zbekistonda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha antirekordlar qayd etilgandi. Xususan, 18-iyul kuni 585 kishi, 19-iyul kuni 658 kishi, 20-iyul kuni esa 698 kishida kasallikka chalinish holati aniqlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 21-iyul kuni 719 kishida koronavirus, 492 kishida pnevmoniya tasdiqlandi