17:20 / 23.07.2021
1 896

Amudaryoda ota farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan alimentini to‘lab berdi


Byuroning Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 21.09.2012 yildagi qarzdor D.Salmanovdan undiruvchi U.Shergaziyevaning tarbiyasidagi 27.03.2009 yilda tug‘ilgan Jandarbek ismli farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa daromadining ¼ qismi miqdorida 2012 yildan boshlab to farzandi voyaga yetguniga qadar aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituvida 30.10.2012 yildan mavjud.

  Mazkur ijro hujjati yuzasidan, qarzdor D.Salmanov otalik majburiyatini va sud qarori ijrosini muntazam ravishda bajarib kelgan. Shunga qaramasdan, joriy yilning iyul oyi  boshida alimentchi ota aliment pullarini biro tala to‘lab bermoqchi ekanligini bildirgan.
Shu sababli, sobiq turmush o‘rtoqlarning o‘zaro kelishuvi bilan, qarzdor D.Salmanov, undiruvchi U.Shergaziyevaning tarbiyasidagi bir nafar farzandining voyaga yetguniga qadar, ya’ni 18 yoshgacha bo‘lgan ta’minoti uchun jami 25 mln. so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirdi.

  Mazkur ijro ishi yurituvi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan davlat ijrochisi tomonidan tamomlandi.

  Shu o‘rinda aytish joyizki, har bir ota fuqaro D.Salmanov kabi ish tutib, oila va farzandlari oldidagi majburiyatlarini bajarib, yuksak namuna ko‘rsata olsa kelajakda farzandlari mehrini ko‘rishi ota farzand o‘rtasida munosabatlar tiklanishini ishonch bilan ayta olamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amudaryoda ota farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan alimentini to‘lab berdi