08:39 / 24.07.2021
1 075

O‘zbek-xitoy vaksinasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbek-xitoy vaksinasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati
Innovatsion rivojlanish vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi taklifiga ko‘ra 23 iyul kuni Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Delegatsiya o‘zbek—xitoy vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borish maqsadida tashrif buyurdi. Mutaxassislar vaksina ishlab chiqarish uchun infratuzilmaviy imkoniyatlarni baholaydi.

Xitoy Fanlar akademiyasi SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi nomzod vaksinasini yaratish loyihasining tashabbuskori va koordinatori hisoblanadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi va Sog‘liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining vaksina sinovlarida bevosita ishtiroki, shuningdek, klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasi natijasida O‘zbekiston vaksinaning hammuallifi sifatida e’tirof etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbek-xitoy vaksinasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda
[/banner_pushhouse