20:06 / 27.07.2021
7 028

Toshkentdagi eng arzon MSKT xizmatlari va «Remdesivir» dori vositasi narxlari e’lon qilindi

Toshkentdagi eng arzon MSKT xizmatlari va «Remdesivir» dori vositasi narxlari e’lon qilindi

Toshkentda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sabab MSKTga (multispiral kompyuter tomografiyasi) tushish va «Remdesivir» dori vositasining narxi ko‘tarilib ketdi. Hatto ba’zi joylarda narxlar ikki barobar farq qilmoqda, deb yozadi «Podrobno».

Nashrning ta’kidlashicha, mamlakatda bozor iqtisodiyoti va xususiy markazlar, shuningdek, dorixonalar qonun bo‘yicha o‘z narxini belgilashga haqli. «Biroq hayot uchun kurashayotgan shunday og‘ir paytda tadbirkorlar balki aholiga yon bosishi kerakdir?», — deya savol bilan murojaat qilingan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda poytaxtda MSKT narxi 100-350 ming so‘m oralig‘ida. Qimmatroq bo‘lgan joylarda navbat uzun emas, narxlari arzon markazlarda esa odam juda ko‘p. Qayd etilishicha, narxi 220 ming so‘mgacha bo‘lgan barcha joyda 100-200 kishilik navbatlar bor.

Iste’molchilarning so‘zlariga ko‘ra, eng arzon MSKT — «Botkina» ro‘parasidagi diagnostika markazida (100 ming so‘m). Tabiiyki, bu yerda navbat juda uzun. Arzonligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Bolalar ortopedik markazi joylashgan (115 ming so‘m). Shu bilan birga, narxlar muntazam o‘zgarib turmoqda, asosan, oshyapti.

Hindistonda ishlab chiqarilgan «Remdesivir» dori vositasining narxi Toshkent dorixonalarida 390 ming so‘mdan 800-900 ming so‘mga chiqib ketgan. Uning mahalliy muqobili esa 325-600 ming so‘m atrofida.

Shuningdek, «Potrebitel.uz»ning yozishicha, odamlar o‘z yaqinlariga yordam berish maqsadida yana kislorod konsentratorlarini sotib olishni boshlagan. Ammo mamlakatda ko‘pincha davolash uchun mo‘ljallanmagan 5-6 litrli konsentratorlar sotilmoqda. Ular 95 foizli kislorod o‘rniga 30-40 foiz beradi. Bu nafas olishga qiynalayotgan inson uchun yetarli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi eng arzon MSKT xizmatlari va «Remdesivir» dori vositasi narxlari e’lon qilindi
[/banner_pushhouse