16:30 / 28.07.2021
1 070

Navoiyda MIB ehtiyojmandlar fuqarolarga 7 mlrd. so‘m undirgani ma’lum bo‘ldi

Navoiyda MIB ehtiyojmandlar fuqarolarga 7 mlrd. so‘m undirgani ma’lum bo‘ldi

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning 6 oyida jami 695 milliard so‘mlik 71 ming 614 ta hujjat yuzasidan ijro tadbirlari amalga oshirilgan.

Bu haqda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etish sohasida joriy yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

MIB viloyat boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Mardonovning ma’lumot berishicha, ushbu ijro ishlarining asosiy qismi ya’ni, 571 mlrd. so‘mlik 50 ming 514 tasini sud organlaridan, 124 mlrd. so‘mlik 21 ming 100 ta ijro hujjatini davlat soliq organlari, IIB, DSEOM va boshqa vakolatli organlardan kelib tushgan ijro hujjatlarini tashkil etgan.

Mulkiy undiruvlarga oid ijro ishlari bo‘yicha davlat foydasiga 72,4 mlrd., yuridik shaxslar foydasiga 144,5 mlrd., jismoniy shaxslar foydasiga 14,8 mlrd. so‘m pul mablag‘lari undirilgan.
Xususan:
- soliq qarzini undirish bo‘yicha 2,5 mingta ijro ishidan 58,3 mlrd. so‘m;
- davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklar bo‘yicha 606,8 mln. so‘m;
- jinoiy zararlar bilan bog‘liq 14 ta ijro ishidan 80,6 mln. so‘m;
- jinoiy va ma’muriy jarimalar bilan bog‘liq 10 mingga yaqin ijro ishi bo‘yicha 6,2 mlrd. so‘m mablag‘lar undirilgan.

Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 152 nafar shaxs ishga tiklanib, to‘lanmay qolgan 757 mln. so‘m ish haqlari ularga undirib berilgan.

Jamiyatimizda oila qadriyatlariga yuzaki yondoshish, er-xotinning o‘zaro kelishmovchiliklari oqibatida ajrashib ketish holatlari yildan yilga o‘smoqda, – deydi boshqarma boshlig‘i O.Mardonov.

Tahlillarga ko‘ra, 2017 yil 6 oyigacha bo‘lgan davrda 6 ming 337 ta aliment undirish haqidagi ishlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, ayni vaqtda bu ko‘rsatkich 11 ming 254 taga yetgan.

Tizim xodimlarining mavjud muammolarga o‘zgacha yondoshib, aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan aloqador tashkilotlar bilan oilalarni o‘zaro yarashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, 230 oila yarashtirildi, jami 2,5 mlrd. so‘mdan ortiq aliment pullari undiruvchilarga undirib berildi, ishsiz, yordamga muhtoj, og‘ir ahvolga tushib qolgan 396 nafar qarzdorlar ishga joylashtirildi, 5 ta holatda uy-joy, avtomashina va boshqa shaklda aliment pullari oldindan qoplab berildi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni talabidan kelib chiqib, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga 7 mlrd. so‘m pul mablag‘lari undirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, matbuot anjumanida mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda MIB ehtiyojmandlar fuqarolarga 7 mlrd. so‘m undirgani ma’lum bo‘ldi
[/banner_pushhouse