20:20 / 30.07.2021
2 689

Prezident talabalarga ajratiladigan ta’lim kreditiga oid qarorni imzoladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga oid qarorni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilidan barcha oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt to‘lov asosida tahsil olish uchun kredit ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Unga ko‘ra, tijorat banklari Markaziy bankning asosiy stavkasi (14 foiz)da ta’lim krediti ajratadi. Resurs Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladi. Talaba kreditni o‘qishni rasman tamomlagach, yettinchi oydan boshlab yetti yil davomida qaytaradi.

Kreditni rasmiylashtirishda talabaning doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari birgalikdagi qarz oluvchi sifatida qatnashishishga ruxsat beriladi. «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalar farzandlaridan kredit uchun garov va kafillik talab qilinmaydi.

Ta’lim kreditlari bo‘yicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tuziladi (yuridik shaxs bo‘lmaydi). Jamg‘armaga 2021 yilda kamida 1 trillion so‘m, keyingi yillardan haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘ ajratiladi.

Jamg‘arma tijorat banklariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past bo‘lgan stavkada resurslar ajratadi. Asosiy stavka pasaysa, kredit va resurs stavkasi ham pasayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident talabalarga ajratiladigan ta’lim kreditiga oid qarorni imzoladi