14:55 / 03.08.2021
3 045

Olimlar koronavirus yuzaga keltiradigan yangi xavfni ma’lum qildi


Foto: Unsplash
Koronavirusga chalingan bemorda dastlabki ikki hafta davomida yurak xuruji va ishemik insult xavfi sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. Bu haqda Shvetsiyaning Umeo universiteti olimlariga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Infeksiyaning yurakka ta’sirini aniqlash maqsadida ekspertlar 86 mingdan ortiq inson ishtirokida tadqiqot o‘tkazgan.
«Bu koronavirusning yurak qon-tomir kasalliklariga bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan dunyodagi eng yirik tadqiqot hisoblanadi», — deyiladi maqolada.

Ta’kidlanishicha, olimlar 2020 yilning 1 fevralidan 14 sentabriga qadar koronavirusga chalingan nazorat guruhidagi bemorlarning miokard infarkti va insult chastotasini yurak qon-tomir tizimlarining buzilish chastotasi bilan taqqoslab ko‘rgan.

Mutaxassislarning aniqlashicha, koronavirus kasallikning dastlabki ikki haftasida o‘tkir miokard infakrti va insult xavfini uch barobarga oshirgan.

«Bu kabi bog‘liqlik hatto yondosh kasalliklar, yosh, jins va ijtimoiy-iqtisodiy omillari hisobga olingan holda ham saqlanib qolgan», — deya ta’kidlaydi olimlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar koronavirus yuzaga keltiradigan yangi xavfni ma’lum qildi