20:19 / 03.08.2021
1 975

Ulovi xatlangach qarzini to‘ladi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shaxar sudining 2021 yil 9 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 133-moddasi bilan A.Norqo‘ziyevdan jabrlanuvchi U.Alimov foydasiga 54.676.400 so‘m Ma’muriy xukukbuzarlik natijasida yetkazilgan zarar summasi undirish haqidagi ijro xujjati joriy yilning 11 may kuni Majburiy ijro byurosi Xovos tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Mazkur hujjat bo‘limga kelib tushgan kunning o‘zida ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror chiqarilib, nusxasi taraflarga yuborilgan.
Davlat ijrochisi qarzdorni bir necha bor ogoxlantirishiga qaramay qarzdor shunda ham qarzini to‘lashni paysalga solib kelgan.

Shu sababli, qarzdorga tegishli ISUZI rusumli transport vositasi xatlanib, keyinchalik realizatsiya qilish uchun elektron auksionga chiqarilishi maqsadida vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi. Mol-mulkidan ajrab qolishni o‘ylagan qarzdor zudlik bilan qarzini to‘lashga kirishgan.

Shunday qilib, davlat ijrochilarining sa’yi harakatlari natijasida qarzdor A.Norqo‘ziyevdan 54.676.400 so‘m to‘liq undirilib, jabrlanuvchi U.Alimovga naqd pul shaklida undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ulovi xatlangach qarzini to‘ladi