11:39 / 10.08.2021
1 604

O‘zbekistonda yarim yilda 5,7 mln iste’molchining huquq va manfaatlari buzilgan


Qayd etilishicha, agentlik mutaxassislari tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish va o‘rganish jarayonida 5 million 700 mingga yaqin iste’molchilarning huquq va manfaatlari buzilganligi aniqlandi.

Shundan, iste’molchilarga yetkazilgan zarar miqdori 130 milliard 200 million so‘mni tashkil etdi. Bugungi kunga qadar Agentlik sa’y-harakatlari bilan iste’molchilar foydasiga 78 milliard so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan ichki iste’mol bozorida sifat va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar sotilishining oldini olish maqsadida 2020 yildan boshlab tovarlar nazorat xaridini o‘tkazish va ularni laboratoriyalarda tekshirish yo‘lga qo‘yilgan.

“Sifat nazorati” ko‘rsatuvi orqali 55 nomdagi mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirildi. Ekspertiza natijalari 7 nomdagi, xususan 1ta quyultirilgan sut, 2ta tomatli ketchup, 4ta paxta yog‘i mahsulotlarining normativ-texnik hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlandi. 3ta paxta yog‘i ishlab chiqaruvchi korxonaga berilgan muvofiqlik sertifikati vakolatli organ tomonidan bekor qilindi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan 2020-2021 yillar uchun isitish mavsumida 4ta issiqlik markazlarida gaz bosimi pastligi sababli iste’molchilarga issiqlik ta’minoti me’yorlarga muvofiq yetkazib berilmagani aniqlangan. Natijada, berilgan ko‘rsatmaga asosan, 85 mingdan ortiq abonentlarga 10 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilib berilishi ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yarim yilda 5,7 mln iste’molchining huquq va manfaatlari buzilgan