14:20 / 12.08.2021
2 234

Toshkentda 186 doza vaksinani 27 mln so‘mga sotishga uringan hamshira va uning sherigi qo‘lga tushdi


Foto: IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi
Toshkentda aholini bepul emlash uchun ajratilgan koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasini sotishga uringan hamshira va uning sherigi ushlandi. Bu haqda IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 6 iyul kuni M.M. ismli fuqaro IIV JQBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida «Zebo» ismli shaxs Telegram orqali davlat tomonidan bepul emlash uchun berilgan vaksinani sotayotgani haqida e’lon berganini hamda ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 8 iyul kuni Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasida joylashgan «Gurman» kafesi ro‘parasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir jarayonida A.Z. ismli shaxs fuqaro M.Ya.ga 186 dona ZF-UZ-VAC 2001 ning har bir dozasini 150 ming so‘mdan baholab, jami 27,75 million so‘mga sotishga kelishib olgan. U kelishilgan pullar hisobidan 1,4 ming dollarni olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

O‘tkazilgan surishtiruv davomida A.Z. ushbu vaksinalarni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan oilaviy poliklinikalardan birida katta hamshira bo‘lib ishlovchi B.S.dan olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.Z. hamda B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 186 doza vaksinani 27 mln so‘mga sotishga uringan hamshira va uning sherigi qo‘lga tushdi