16:53 / 15.08.2021
1 656

Bog‘otda bir oyda 16 ta oila yarashtirildi

Bog‘otda bir oyda 16 ta oila yarashtirildi
Majburiy ijro byurosining Bog‘ot tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining
2020 yil 11 noyabrdagi aliment undirish bo‘yicha ijro hujjatiga asosan, qarzdor R.O‘.dan sobiq turmush o‘rtog‘i, undiruvchi U.M.ga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda voyaga yetguncha aliment undirish lozim edi.

Olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida, yuqorida qayd etilgan sobiq er-xotinlarning ikki nafar farzand oldidagi burchlari va mas’uliyatlari, kelajakdagi orzu-umidlarining ushalishi borasidagi sa’y-harakatlar natijasida ushbu oila MIB tashabbusi bilan qayta tiklandi.

Umuman olganda, joriy yilning iyul davomida Byuroning Bog‘ot tumani bo‘limi tomonidan 16 ta oilaning yarashtirilishiga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bog‘otda bir oyda 16 ta oila yarashtirildi