17:30 / 17.08.2021
2 236

Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning besh oyida qancha mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilganini aytdi

Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning besh oyida qancha mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilganini aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» gazetasining 17 avgust kungi soniga bergan intervyusida korrupsiya illati haqida so‘z yuritgan.

«Fuqarolar, keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinayotgan barcha muammolar e’tibor qaratishni talab etadi. Ularni inkor qilish mumkin ham emas. Albatta, jamiyatdagi qonun buzilishi, adolatsizlik, inson huquqlariga bepisand munosabat, korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga beparvo qarab bo‘lmaydi. Tizimli tus olgan yoki juz’iy muammo bo‘ladimi, ularning barchasiga darhol munosabat bildirib, tagiga yetish va hal etish zarur.

Masalan, keyingi yillarda tub islohotlar davriga qadam qo‘ygan mamlakatimizda taraqqiyot kushandasi bo‘lgan illat – korrupsiyaga qarshi izchil kurash olib borilmoqda. Misollarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2020 yilda turli darajadagi mansabdorlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun 1723 shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular tomonidan yetkazilgan zarar 500 milliard so‘mni tashkil etgan. 2021 yilning besh oyida esa 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Yetkazilgan zarar 450 milliard so‘mni tashkil etmoqda.

Hech shubhasiz, bu moddiy zararlar aybdorlardan undirib olinadi. Korrupsiya balosini jamiyatimiz hayotidan yo‘q qilishga qaratilgan siyosat kelgusida ham qat’iy davom ettiriladi», — degan davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning besh oyida qancha mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilganini aytdi