13:10 / 18.08.2021
1 832

OTMlarda o‘qiyotgan talabalarning necha foizi qizlar ekani ma’lum qilindi

OTMlarda o‘qiyotgan talabalarning necha foizi qizlar ekani ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2020/2021 o‘quv yili boshida jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 127tani tashkil etib, ulardan 571,5 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

Qayd etilishicha, tahsil olayotgan jami talabalardan 260,0 ming nafari (45 foiz) qizlarni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan grant asosidagi qabulga nisbatan qo‘shimcha 4 foizli grant ajratildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat