14:07 / 19.08.2021
3 271

Ichki ishlar vaziri Qarshidagi dahshatli qotillik sababini aytdi

Ichki ishlar vaziri Qarshidagi dahshatli qotillik sababini aytdi
Videodan skrishot.
Ma’lumki, bugun Qarshi shahrida sport ustasi Elbek Rahimovning o‘limi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Unda qatnashayotgan Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning ma’lum qilishicha, ichki ishlar xodimlariga 102 orqali jinoyat haqida xabar soat 9:49 da kelib tushgan. Xodimlar voqea yuz bergan joyga xabar tushgandan so‘ng, 21 daqiqa o‘tib, soat 10:10 da yetib borgan va ish boshlagan. Shuningdek, tergov guruhi ham yetib borgan.

Qayd etilishicha, jinoyat tashkilotchisi ekani aytilayotgan Z. B. 18 avgust kuni Chiroqchi tumanidagi yashirinib yotgan joyidan soat 17:05 da topilgan. Uning otasi o‘z ukasining xotinini o‘ldirib, hozir qamoqda o‘tiribdi.

«Bu ikki guruh o‘rtasidagi janjal musobaqadagi kelishmovchilikdan boshlangan. Birining ukasi, yana birining shogirdi bahslashgan. Biri yutgan, biri yutqazgan. Shundan kelishmovchilik boshlangan, lekin hech kimga xabar berilmagan»,— deydi ichki ishlar vaziri.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar vaziri Qarshidagi dahshatli qotillik sababini aytdi
[/banner_pushhouse