Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.
Mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining «Imtiyozli» bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga yega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.
Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi.
Qayd etish kerakki, xotin-qizlar uchun beriladigan imtiyoz abituriyent qaysi oliy ta’lim muassasasiga topshirganidan qat’iy nazar uning doimiy ro‘yxatda turgan manzili asosida qo‘llaniladi va kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘rinli hisoblanadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyoz esa har bir ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasasi kesimida qo‘llaniladi.
Imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya yetilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat