Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan DXXning Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.
Aniqlanishicha, Namangan davlat universiteti talabasi A.Q. fuqaro A.ning o‘qishini Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetidan o‘zi ta’lim olayotgan universitetga vakolatli tanishlari orqali ko‘chirib berishni va’da qilib, evaziga 1 000 AQSH dollari va 5,3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, A.Q.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirlarda, universitet o‘qituvchilari M.A., undan keyin B.A. ushbu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi