16:38 / 27.08.2021
1 752

Prezident: Bizda imkoniyat va salohiyat yetarli

Prezident: Bizda imkoniyat va salohiyat yetarli
Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda raqobatdosh iqtisodiyot tarmoqlarini yaratishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.

«Biz bugun Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda raqobatdosh iqtisodiyot tarmoqlarini yaratishga alohida e’tibor qaratib, barcha sohalarda marrani katta olmoqdamiz. Eng muhimi, buning uchun bizda imkoniyat va salohiyat yetarli.

Bugungi tadbirda ishtirok etayotgan barcha mehmonlarimiz va loyiha ishtirokchilarini, energetika sohasida yangi ufqlarni ochib beradigan ushbu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilgani bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Fursatdan foydalanib, barchangizni yaqinlashib kelayotgan eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman
», dedi Prezident marosim yakunida.

Tadbirda Birlashgan Arab Amirliklari, mamlakatimiz energetika tarmog‘i va jamoatchiligi vakillari so‘zga chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: Bizda imkoniyat va salohiyat yetarli