
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi ayol T.Q.ning murojaati tarqaldi. Unda fuqaro farzandi S.Q.ning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmasdan emlangani, natijada ahvoli og‘irlashib vafot etgani haqida aytadi.
Mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olindi, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida. Vaziyatni o‘rganish maqsadida tezkor guruh tuzilib, O‘rta Chirchiq tumaniga yuborildi. O‘rganishlar natijasi haqida batafsil ma’lumot berilishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda vaksina olgan ayolning ko‘rmay qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, SSVning o‘zi ham bayonot berib, vaksina haqida provokatsion ma’lumotlar tarqatmaslikni so‘ragan.
Toshkent ViloyatiO‘rta ChirchiqTibbiy Ko‘rikSog‘liqni SaqlashVaksina OlishTezkor Guruh O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar