12:55 / 07.09.2021
1 536

Namanganda soxta hujjatlar bilan o‘zganing o‘rniga imtihonga kirgan shaxs ushlandi

Namanganda soxta hujjatlar bilan o‘zganing o‘rniga imtihonga kirgan shaxs ushlandi
Namanganda soxta hujjatlar bilan o‘zganing o‘rniga imtihonga kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda IIBning Davlatobod tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.A. 2021/2022-o‘quv yili test imtihonlariga o‘zining o‘rniga tanishi M.R.ni kiritishga uringani aniqlangan. Buning uchun u o‘zining fotosuratini rasmiy hujjat hisoblangan ma’lumotnoma va Davlat test markazining abituriyent ruxsatnomasiga joylashtirib, ushbu hujjatga rasmiy tus berish maqsadida Namangan shahar IIO FMB va FRB boshlig‘i imzosini soxtalashtirgan.

M.R. ushbu soxta hujjatlar orqali 13 avgustda bo‘lib o‘tgan qabul imtihonida qatnashish uchun nazorat yo‘lagidan o‘tmoqchi bo‘lganida to‘xtatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda soxta hujjatlar bilan o‘zganing o‘rniga imtihonga kirgan shaxs ushlandi