21:20 / 09.09.2021
2 060

300 million so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

300 million so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro M.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu xonadon hovlisida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 100 million so‘mlik maishiy texnika vositalari noqonuniy tarzda saqlanayotganligi aniqlandi.

Yana bir holatda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro X.B.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida, ushbu xonadonning yerto‘lasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 200 million so‘mlik kiyim kechaklar borligi aniqlandi. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat