11:27 / 12.09.2021
1 137

Toshkentda qoida buzgan haydovchiga chora ko‘rmagan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Toshkentda qoida buzgan haydovchiga chora ko‘rmagan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi
Ijtimoiy tarmoqda «Toshkentda GAI: Bo‘ldi ketavering. O‘zimizni yigit-ku bu» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Video yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 10 sentabr kuni soat 12:00 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasida YPX xodimi O.Shokirjonov tomonidan Matiz rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Haydovchi boshqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmagan hamda yo‘l chizig‘i talabiga rioya qilmagan.

O‘zaro muloqot vaqtida jarayonga YPX xodimi Sh.Nuraliyev aralashgan va haydovchiga o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rilmasdan ketishiga ruxsat berilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qoida buzgan haydovchiga chora ko‘rmagan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi
[/banner_pushhouse