21:32 / 13.09.2021
2 796

«Mersedes Bens»ni bo‘laklab olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi

«Mersedes Bens»ni bo‘laklab olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi
Turli nayranglarni qo‘llagan holda bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kabi qing‘irlik fosh etildi.

Xususan, avtomobil ehtiyot qismlari importi bilan shug‘ullanuvchi shaxs tomonidan xorijdan olib kelingan 14 turdagi avtomobil ehtiyot qismlari tovarlarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga taqdim etilgan yuk kuzatuv hujjatlari va bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, umumiy qiymati 237 million so‘mlik 1 dona “Mersedes Bens W211” rusumli avtotransport vositasi hujjatlarda “avtomobil kuzovi” deb noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi, shuningdek, 15 turdagi jami 99 dona avtomobil ehtiyot qismlari hujjatlarda umuman ko‘rsatilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat