
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida qidiruvdagi ota topildi va oilasi bilan yarashdi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga F.R. dan undiruvchi M.R. foydasiga 2 nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun har oyda aliment undirish belgilangan.
Biroq, qarzdor ota majburiyatni unutib, aliment to‘lashni paysalga solib keldi. Boz ustiga unga nisbatan 2020 yilning avgust oyida qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan o‘rganishlar davomida qarzdor ota Qozog‘iston Respublikasiga ketgani aniqlandi. Qidiruv natijasida fuqaro F.R. topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.
O‘tkazilgan tushuntirishlardan so‘ng qarzdor ota oilasi bilan yarashishga ahd qildi. Ijro hujjati amalda tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar