Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbirda o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar D.V., S.X. va I.J.lar, kuchli ta’sir qiluvchi 100 dona «Regapen» nomli dori vositasini 2,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ulardan jami 112 dona «Regapen» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DBQ va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro L.A. hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tibbiy buyumlar turkumiga kiruvchi jami 20 000 dona rentgen plyonkalarini xaridorga 14 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?