Foto: «Yagazeta.com»
Britaniyalik olimlar Express nashriga qaysi parhez yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytirishini ma’lum qilishdi. Ular gipertoniya rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradigan asosiy mahsulot deb brokkolini aytishgan.
Olimlarning aytishicha, aksariyat odamlar yuqori qon bosimidan qiynalishadi, hatto ko‘pchiligi o‘z kasalliklari haqida bilishmaydi ham. Shifokorlarning ta’kidlashicha, aynan shu odamlar yurak xurujidan vafot etish xavfi yuqori. Ortiqcha vazndan qiynalayotganlar, chekuvchilar va yomon anamnezga ega qarindoshlari bo‘lgan odamlar xavf ostida. Bundan tashqari, kasallik xavfi yoshga qarab ortadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, yuqori qon bosimini nafaqat dori-darmonlar bilan davolash, balki diyetani ham diqqat bilan o‘ylab ko‘rish kerak. Qon bosimini me’yorlashtirishga yordam beruvchi asosiy mahsulot — brokkoli. Bu sabzavot folat kislota, fitoestrogenlar, S vitamini, kalsiy, kaliy va magniyga boy.
Diyetologlar ta’kidlashicha, haftasiga to‘rt marta brokkoli iste’mol qilish qon bosimini sezilarli darajada pasaytiradi. Ular sabzavotni xom iste’mol qilishni yoki bug‘da pishirishni maslahat berishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?