Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida «Qora dori—2021» doirasida giyohvand vositalar yetishtiruvchi «maxsus laboratoriya» faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda viloyat IIBB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 16 sentabr kuni 37 yoshli T.Sh.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirigan. Tekshiruv davomida xonadonning 4 kvadrat metr o‘lchamli xonasi (ventilator, yorug‘lik va issiqlik beruvchi lampochka va boshqalar bilan) maxsus jihozlanganligi va u yerda 20 dona yelim gul tuvaklar ichiga tuproq, o‘g‘it aralash solingan holda giyohvandlik vositasi yetishtirayotganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, tekshiruv davomida ushbu fuqaroning xonadondan kannabis giyohvandlik o‘simligi, barglari, to‘pgullari va 1 litrli hajmli shisha banka ichida giyohvandlik vositasi, gugurt qutilarida kannabisning maydalangan barglari, giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun qo‘lbola usulda yasalgan maxsus idishlar va o‘simliklarni yashnatuvchi mineral o‘g‘itlar, yaltiroq qog‘ozlar, elektron tarozilar va maxsus yelim idishlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.
Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizaga ko‘ra, fuqaro xonadonidan olingan o‘simliklar tarkibida faol giyohvand moddalar mavjud bo‘lgan jami 791 gramm kannabis, 735 gramm marixuana ekanligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Chinoz tuman IIB TB tomonidan fuqaro T.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi, 1-qismi va 25-, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi