Shu yilning 12 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi ikki nafar fuqaro o‘rtasida janjal chiqqanligi haqidagi video tarqaldi.
Holat bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan qonuniy choralar ko‘rilib, bu haqda jamoatchilik xabardor etilgan.
«Biroq, hozirda shunday vaziyat kuzatilmoqdaki, ayrim shaxslar va ijtimoiy tarmoq faollari mazkur maishiy ziddiyatni millatlararo nizo sifatida ko‘rsatishga urinmoqdalar», deyiladi IIV bayonotida.
Qayd etilishicha, ushbu maishiy nizo ayrim destruktiv kayfiyatdagi fuqarolar va ijtimoiy tarmoqlar faollari tomonidan xuddiki millatchilik asosiga egadek ko‘rsatib tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasining «Jamoat nazorati to‘g‘risida»gi Qonuni talablarining bevosita buzilishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy qarashlari va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga ega.
Fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar faqat huquqiy tartibda hal etiladi.
IIV milliy, irqiy, etnik yohud diniy masalalarda adovatni qo‘zg‘atuvchi axborotlarni tarqatish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi